UFC jangchisi Xabib Nurmagomedovga nisbatan 6 oylik diskvalifikatsiya hamda 350 ming dollar miqdorida jarima qoʻllanishi mumkin. Bu haqda TASS agentligi jangchining otasi Abdulmannop Nurmagomedovga asoslangan holda xabar tarqatgan.
“Biz sanksiyalar kutmoqdamiz. Menimcha diskvalifikatsiya muddati 4 oydan 6 oygacha boʻladi. Unga belgilangan gonorar muzlatilgan, qolaversa, 350 ming dollarlik jarima qoʻllanishi mumkin. Bizda menejment bor, yuristlar, mutaxassislar bor, vaziyatni mulohaza qilib koʻramiz”, degan u.
7 oktyabrga oʻtar kechasi Nurmagomedov yengil vazndagi UFC chempioni kamarini himoya qilish uchun irlandiyalik sobiq chempion Konor Makgregorga qarshi jang qildi. Jangning 4-raundida u raqibni boʻgʻish uslubi bilan taslim etdi. Shundan keyin Nurmagomedov oʻzini tutib tura olmadi va oktagondan chiqib, Makgregorning tarafdorlariga hujum qildi. Uning tarafdorlari esa oktagon ichida qolgan Makgregorga tashlanishdi.
Ayni vaqtda jang oʻtgan Nevada shtati sport komissiyasi jang uchun rossiyalik sportchiga vaʼda qilingan 2 million dollar miqdoridagi gonorarni muzlatib qoʻygan va tekshiruv ishlari olib bormoqda. Nurmagomedov Amerika vizasidan mahrum etilishi ham mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi