Xabaringiz bor yaqinda Mirjalol Qosimov bosh murabbiy etib tayinlangandi. Ammo hozirgi paytda o‘tkazilayotgan olimpiyachilarimizning yig‘inida ushbu murabbiy ishtirok etayotgani yo‘q. Bu borada O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov SPORTS.uz muxbiriga shunday dedi:
- Sizga rostini aytaman, Mirjalol Qosimovni olimpiya terma jamoamizga bosh murabbiy etib tayinlanganimiz aslida bu vaqtinchalik holat edi. Chunki Tokio Olimpiadasiga terma jamoamizni boshqa murabbiy tayyorlaydi. Aniqrog‘i, ayni paytda biz ispaniyalik murabbiy bilan muzokara olib boryapmiz va yaqin kunlarda bu haqida keng ommaga e’lon qilishimiz ham mumkin. Mirjalol Qosimov tajribali murabbiy va uni hurmat qilamiz. Ammo uning sog‘ligini ham o‘ylashimiz kerak. Olimpiya terma jamoamiz uchun ko‘plab nomzod futbolchilar ro‘yxati tuzib chiqilgan. Olimpiya terma jamoasiga yangi murabbiy kelguniga qadar nomzodlarni saralab, yangi bosh murabbiyga tavsiyalar beriladi. Umuman olganda, bizning rejalarimiz katta va shu bilan birga juda jiddiy. Shuningdek, olimpiya terma jamoasiga ispaniyalik mutaxassisni olib kelishda Ektor Kuper bilan ham maslahatlashganmiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi