3 322
Ektor Kuper: “Tartibli oʻyin koʻrsatar ekanmiz bizda hujum uchun imkoniyatlar paydo boʻlaveradi”
Oʻzbekiston – Qatar terma jamoalari oʻrtoqlik uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Ektor Kuper oʻyin haqida oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
«Uchrashuvni futbolchilarimiz ajoyib oʻtkazishdi. Futbolchilarim bugun men istagan oʻyinni koʻrsatishga harakat qildi. Agar solishtirsak, bizning oʻyin ancha yaxshilanmoqda. Kamchiliklar deganda, bilamizki Qatar toʻp bilan yaxshi nazorat qiladi va bizning pressingda kamchiligimiz bor. Bu jihat ayniqsa bugungi Qatar bilan boʻlgan oʻyinda sezildi. Jamoaning qarshi hujumdagi oʻyini meni qoniqtirdi. Tartibli oʻyin koʻrsatar ekanmiz bizda hujum uchun imkoniyatlar paydo boʻlaveradi. Umumiy olganda dastlabki ikki oʻyinga nisbatan oʻzgarishlar bor.
Ikkinchi yigʻinimiz juda ham yaxshi oʻtdi. Jiddiy muammolarga duch kelmadik. Biz futbolchilarga boʻlgan talablarni oshirib boramiz.
Terma jamoaning oʻzagi deb hech qaysi oʻyinchilarni ayta olmayman. Hech kim uchun terma jamoada joy kafolatlanmagan. Osiyo kubogi boshlangunga qadar kimdadir oʻsish boʻlsa kimdadir pasayish kuzatilishi aniq. Terma jamoada oʻrin hattoki menda ham kafolatlanmagan.
Men hissiyotlarga berilishimning sababi jahlim chiqqanidan emas, balki futbolchilarning ishtiyoqini oshirish uchundir. Toʻgʻri baʼzi vaziyatda qoniqmagan paytim ham boʻladi. Futbolchilar yana klub ixtiyoriga qaytib ketishadi. Men ularning koʻproq meni tushunishini va tezroq harakat qilishini istayman.
Oʻzbekistonda menga yaratib berilgan sharoitlardan juda ham mamnunman», - deydi Kuper.
Manba: www.ufa.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda