21:43 / 28.10.2018
3 422

O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi 1-o‘rinni egallab, OCh yo‘llanmasiga ega bo‘ldi

O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi 1-o‘rinni egallab, OCh yo‘llanmasiga ega bo‘ldi
O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionati saralashida muvaffaqiyatli qatnashib, guruhda birinchi o‘rinni egalladi hamda Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Karima Yo‘ldosheva shogirdlari Guam, Maldiv orollari, BAA va Qirg‘iziston terma jamoalari bilan bir guruhda bahs olib bordi.

Guam terma jamoasi 8:0, Maldiv orollari 20:0, BAA va Qirg‘iziston terma jamoalari esa bir xil 3:1 hisobida taslim etildi. Natijada futbolchi qizlarimiz kelasi yil Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi 1-o‘rinni egallab, OCh yo‘llanmasiga ega bo‘ldi