16:21 / 07.11.2018
2 060

Makgregor Meyuezer va uning MMA’dagi raqibini mazax qildi

Makgregor Meyuezer va uning MMA’dagi raqibini mazax qildi
Irlandiyalik aralash yakkakurash jangchisi Konor Makgregor sobiq raqibi, Tokiodagi yangi yil musobaqasida MMAda debyut qilmoqchi bo‘lgan Floyd Meyuezerni mazax qildi.

Avvalroq Meyuezer Rizin 14 musobaqasida ishtirok etishini ma’lum qilgandi. U MMAdagi ilk jangini 31 dekabrda Tokioda 20 yoshli yaponiyalik Tensin Nasukavaga qarshi o‘tkazadi.

“Egningdagi nima, Floyd? Bu sport kiyimimi yoki saunaga boradigan kiyimmi? Tokioda shunchalik issiqmi? Ha, global isish bilan bog‘liq voqea hazil emas ko‘rinadi. O‘zi bu yerda nima bo‘lyapti? Yoningdagi kichik masxaraboz kim o‘zi? Bu telbalik. Go‘yoki “Tig‘iz payt-5” yoki shunga o‘xshash filmni ko‘rayotgandeksan. Kris Taker va Jeki Chan qaytdi! Aqlbovar qilmaydi. Floyd, sen kichkina quturgan pastkashsan. Jin ursin seni”, deb yozgan Makgregor instagramda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Meyuezer ushbu jang uchun 88 mln dollar ishlab topishi mumkin. Bu haqda talkSPORT portali jurnalisti Maykl Benson tvitterda ma’lum qilgan.

Jurnalistning aytishicha, 41 yoshli bokschiga kafolatlangan gonorar 62 mln dollarni tashkil qiladi, u qolgan summani pullik translyatsiyalarni sotish orqali olmoqchi.

Meyuezerning bo‘lg‘usi raqibi MMAda 4 jang o‘tkazib, barchasida g‘olib bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Makgregor Meyuezer va uning MMA’dagi raqibini mazax qildi