Angliya chempionatining 12-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. «Etixad Stedium»da kechgan bahsda mezbonlar ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
Uchrashuvni faol boshlagan mezbonlar tezkor gol urishga muvaffaq bo‘lishdi: 12-daqiqada jarima maydonida to‘pni qabul qilib olgan Bernaru Silva uni bir urinishda darvozabon maydoni tomon uzatdi. U yerda David Silva darvozani aniq nishonga oldi.
Maydon egalari bo‘lim mobaynida o‘yinni nazorat qilishdi va tanaffusgacha yana bir qator imkoniyatlarga ega bo‘lishdi.
Ikkinchi bo‘lim debyuti ham «shaharliklar» uchun omadli keldi. Serxio Aguero raqib jarima maydoni yonida Riyod mahrez bilan «devorcha» uslubida o‘ynadi va jarima maydoniga kirib borib, De Xeani dog‘da qoldirdi.
Oradan uzoq vaqt o‘tmay Ederson o‘z jarima maydoni ichida Romelu Lukakuni qo‘pollik bilan to‘xtatib qoldi. Natijada belgilangan penaltini Antoni Marsyal aniq bajardi.
Qolgan vaqtda mezbonlar o‘yinni nazorat qilishga urinishdi, «MYu» esa vaziyat bo‘lishi bilan hujumga tashlandi. Biroq gol urish yana mezbonlarga nasib qildi. Bernardu Silvaning uzatmasini Ilkay Gyundogan jarima maydoni ichida to‘xtatib oldi va yaqin masofadan darvozani ishg‘ol qildi.
APL, 12-tur
Manchester Siti – Manchester Yunayted 3:1 (1:0, 2:1)
Gollar: 1:0 – 12 Silva, 2:0 – 48 Aguero, 2:1 – 58, penalti Marsyal, 3:1 – 86 Gyundogan.
Manchester Siti – Ederson, Stounz, Mendi, Uoker, Laport, Silva, Fernandino, Marez (Sane, 62), Bernardu Silva, Sterling, Aguero (Gyundogan, 75).
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Shou, Yang, Lindelef, Fellayni, Matich, Lingard (Lukaku, 57), Errera (Mata, 73), Marsyal, Reshford (Sanches, 73).
Ogohlantirishlar: Bernardu Silva (33), Shou (42).
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
O‘zbekiston xalqaro investitsiya forumida qanday kelishuvlarga erishdi?
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Isroil rasmiysi: “Isroil urushni to‘xtatmaydi”