12:08 / 21.11.2018
2 963

Konor Makgregorning otasi boksda debyut jangi o‘tkazmoqchi

Konor Makgregorning otasi boksda debyut jangi o‘tkazmoqchi
UFC jangchisi Konor Makgregorning otasi Toni Makgregor 59 yoshida boksda debyut qilmoqchi. U radioboshlovchi Ion Shien bilan jang o‘tkazmoqchi. Avvalroq 24 yoshli boshlovchi Toni Makgregor keksa yoshida sport bilan shug‘ullanishni boshlaganidan xabar topgach, hazil tariqasida Makgregorni jangga chorlagan. Makgregor chorlovni qabul qilib, jangga tayyorlanishni boshlagan.

“Otam havaskor bokschi bo‘lgan, men esa avval sport bilan shug‘ullanmaganman. Jangchi geni mening avlodimni o‘tkazib yuborgan. Men sparring-sheriklar bilan 8 ta mashg‘ulot o‘tkazdim. Rivojlanish bor. Menga mashg‘ulot o‘tkazish yoqadi. Menga o‘rganish, zarba berish texnikasini o‘zlashtirish yoqadi, chunki bu butun bir fandir. Men Shienning chaqirig‘idan xabar topganimda, mashq qilayotgan edim. Rostini aytsam, u biroz o‘zidan ketgan ko‘rinadi. U Santa unga yangi yuz berishini istamoqda, shekilli? Xo‘sh, unda u Rojdestvo kurkasini somoncha orqali yeyishiga to‘g‘ri keladi! Menda ajoyib tayyorgarlik bo‘ladi”, deb aytgan Toni Makgregor.

Toni Makgregor va Ion Shien o‘rtasidagi xayriya jangi 23 noyabrda bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Konor Makgregorning otasi boksda debyut jangi o‘tkazmoqchi