Lokomotiv bosh murabbiyi Andrey Fyodorov PFL tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga ko‘ra, oktyabr oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.
“Temiryo‘lchilar“ murabbiyi bu borada AGMK ustozi Baxtiyor Ashurmatov, Nasaf bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev hamda So‘g‘diyona murabbiyi Sergey Lushchanni ortda qoldirdi.
Oktyabr oyida PEPSI Superligada 25-28-tur uchrashuvlari, shuningdek, O‘zbekiston kubogi final uchrashuvi o‘tkazildi. G‘olib murabbiy aynan mana shu uchrashuvlarda qayd etgan natijasiga ko‘ra aniqlandi.
O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun so‘rovnoma o‘tkazib keladi. Mazkur so‘rovnomada Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Shuningdek, muxlislar ovozi PFL rasmiy sayti o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali qabul qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi