00:14 / 09.12.2018
3 577

"Buxoro" klubi yarim himoyachisi Arslonmurod Omonov boshqa klubiga o‘tishi mumkin

"Buxoro" klubi yarim himoyachisi Arslonmurod Omonov boshqa klubiga o‘tishi mumkin
Buxoro klubi bilan shartnomasi yil oxirida yakunlanadigan turkmanistonlik yarim himoyachi Arslonmurod Omonov yaqin orada jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda Turkmaniston futbol federatsiyasi rasmiy sahifasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Arslonmurod Omonovga Qozog‘istonning “Ordabasi” va Qatar klublari qiziqish bildirmoqda.

"Bu xabarni Omonovning o‘zi ham tasdiqladi, – deyiladi xabarda. – Turkmanistonlik futbolchini asosan “Ordabasi” klubi o‘z safiga qo‘shib olishga qattiq bel bog‘lagan. Taxminlarga ko‘ra, tomonlar kelishuvga erisha olsa, “Buxoro” yarim himoyachisi yangi mavsumni Qozog‘iston chempionatida boshlaydi".

Shuningdek, Buxoro PFK Matbuot xizmatining Turon24ga ma’lum qilishicha, futbolchi Olmaliqning AGMK klubiga o‘tishi ham mumkin. Arslonmurod Omonov avvalroq AGMK bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov bilan Buxoroda birga ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Buxoro" klubi yarim himoyachisi Arslonmurod Omonov boshqa klubiga o‘tishi mumkin