00:45 / 23.12.2018
3 430

APL. Sulsherning MYusi yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi

APL. Sulsherning MYusi yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi
Angliya chempionatining 18-turidan o‘rin olgan «Kardiff» – «Manchester Yunayted» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Kardiff Siti Stedium»da kechgan bahsda mehmonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvning debyutidayoq mankunianlar standart vazitni golga aylantirishdi: Markus Reshford jarima xarbasini aniq ijro etib, jamoasini oldinga olib chiqdi.

29-daqiqada Ander Erreraning uzoq masofadan bergan zarbasi rikoshetga uchrab, darvozaning yuqori burchagidan joy oldi. 38-daqiqada mezbonlar penaltidan so‘ng hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘lishdi.

Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay mehmonlar uchinchi golni urishdi: Antoni Marsyal jamoasining ajoyib kombinatsiyasini golga aylantirdi. Ikkinchi bo‘lim debyutida Jessi Lingard 11 metrlik jarima zarbasini aniq ijro etgan holda hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

O‘yinning so‘nggi daqiqasida Pol Pogba aniq pas bilan Lingardni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi, o‘z navbatida Jessi o‘z imkoniyatini ko‘kka sovurmadi.

Shu tariqa, «Manchester Yunayted» ushbu g‘alabadan so‘ng ochkolarini 29taga yetkazib olgan holda APL turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda.

APL, 18-tur

Kardiff – Manchester Yunayted 1:5 (1:3, 0:2)
Gollar:
0:1 – 3 Reshford, 0:2 – 29 Errera, 1:2 – 38, penalti Kamarasa, 1:3 – 41 Marsyal, 1:4 – 57, penalti Lingard, 1:5 – 90 Lingard.

Kardiff – Eteridj, Morrison, Kanningem, Manga, Bamba, Arter (Zoxore, 61), Gunnarsson (Rolls, 83), Merfi, Kamarasa, Xoylett (Xarris, 74), Paterson.

Manchester Yunayted – De Xea, Jons, Shou, Yang, Lindelef, Pogba, Matich (Fellayni, 87), Lingard, Errera, Marsyal (Pereyra, 87), Reshford (Fred, 79).

Ogohlantirishlar: Shou (35), Gunnarsson (58), Kanningem (79).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » APL. Sulsherning MYusi yirik hisobdagi g‘alaba bilan boshladi