22:30 / 30.12.2018
4 258

Boks olamidagi yilning eng yaxshilari aniqlandi

Boks olamidagi yilning eng yaxshilari aniqlandi
Boks haqidagi nufuzli jurnal The Ring 2018 yildagi o‘z g‘oliblarini e’lon qildi.
O‘rta vazn toifasida sobiq jahon chempioni qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin bir yo‘la ikkita nominatsiyada e’tirof etildi. Uning meksikalik Saul Alvaresga qarshi revansh jangi yilning eng yaxshi jangi deb topildi. U shuningdek, “yil voqeasi” nominatsiyasida ham e’tirof etildi, ammo bu nominatsiya boks kechasini to‘xtatishga qaror qilgan HBO telekanaliga nasib etdi.

Jurnal tomonidan birinchi og‘ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni ukrainalik Aleksandr Usik yilning eng yaxshi bokschisi deb topildi. Eng yaxshi murabbiy deya Vasiliy Lomachenkoning otasi va ustozi — Anatoliy Lomachenko e’tirof etildi.

Naoyya Inue — Xuan Karlos Payyano o‘rtasida kechgan qarama-qarshilikdagi nokaut “yil nokauti” bo‘ldi.

2018 yilda super og‘ir vazn toifasida faoliyatini qayta tiklagan Tayson Fyuri “yil qaytishi” bo‘lgan bo‘lsa, uning Deontey Uaylderga qarshi jangdagi 12-raundi “yil raundi” deb topildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks olamidagi yilning eng yaxshilari aniqlandi