20:51 / 06.01.2019
3 040

Hindiston termasi Taylandni 4:1 hisobida mag‘lub etdi va guruh peshqadamiga aylandi

Hindiston termasi Taylandni 4:1 hisobida mag‘lub etdi va guruh peshqadamiga aylandi
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasining 1-turidan o‘rin olgan Tayland va Hindiston terma jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga yetdi. Gollarga boy bo‘lgan bahsda hindlarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuv teng kurashlar ostida boshlandi va hisob 27-daqiqaga kelib ochildi. Sunil Chxetri penaltini aniq bajarib, hisobni ochdi. Biroq oradan ko‘p vaqt o‘tmay Tirasil Dangda hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘lim debyutida Chxetri jamoasini yana oldinga olib chiqdi. 68-daqiqada Anirud Tapa chiroyli gol bilan hisobni oshirgan bo‘lsa, 81-daqiqada Jiji Lalpekxlua o‘yinga nuqta qo‘gan golga muallif bo‘ldi.
Shu tariqa, Hindiston ilk turdan so‘ng “A” guruhi peshqadamiga aylandi. Bahrayn (1) va BAA (1) termalari esa keyingi o‘rinlarda borishmoqda.

Osiyo Kubogi-2019, 1-tur
Tayland – Hindiston 1:4 (1:1, 0:3)
Gollar:
0:1 – 27, penalti Chxetri, 1:1 – 33 Dangda, 1:2 – 46 Chxetri, 1:3 – 68 Tapa, 1:4 – 80 Lalpekxlua.

Tayland – Budprom, Xemvibun, Kerdkeev, Bunmatxan, Do, Dechmitr (Viriyaudomsiri, 58), Puangchan, Songkrasin (Chattxong, 73), Djayded, Dangda, Krayson (Purisay, 79).
Hindiston – Singx-Sandxu, Kotal, Djingan, Bous, Edatodika, Xalder (Singx, 87), Tapa (Borxes, 78), Narzari, Singx, Kuruniyan (Lalpekxlua, 78), Chxetri.
Ogohlantirishlar: Dechmitr (39), Xemvibun (80).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hindiston termasi Taylandni 4:1 hisobida mag‘lub etdi va guruh peshqadamiga aylandi