23:30 / 11.01.2019
3 333

Osiyo Kubogi kundaligi, 9-kun: Uch ochko cho‘ntakda, ishlashda davom etamiz!

Osiyo Kubogi kundaligi, 9-kun: Uch ochko cho‘ntakda, ishlashda davom etamiz!
Bugun yana Dubayga qaytdik. 13 yanvar kuni bu yerda Turkmanistonga qarshi o‘ynaymiz. Ummonni-ku yutib oldik, uch ochko cho‘ntakda, ishlashda davom etamiz. Bo‘shashishga haqqimiz yo‘q!

Dubaydagi “Rashid” stadioni yonidagi maydonda mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Kecha asosiy tarkibda maydonga tushgan futbolchilar yengil mashqlarni olib borishdi. Qolganlar bilan esa Kuperni o‘zi ishladi. Bu safar ham mashg‘ulot ancha qiziqarli kechdi.

Futbolchilarning kayfiyati a’lo darajada. Katta musobaqalardagi dastlabki o‘yinda g‘alaba qozonish juda ham muhim, deb bekorga aytishmas ekan. Ikkinchi o‘yinga tayyorgarlik ko‘tarinki ruhda davom etyapti.

Mashg‘ulotga terma jamoa a’zolari avtobusda borsa, biz – delegatsiya vakillari OFK tomonidan ajratilgan ikkita minivenda boramiz. Bugun bizni olib yurgan pokistonlik haydovchi terma jamoamiz finalga qadar yetib borsa, menga O‘zbekiston terma jamoasining 1 ta libosini sovg‘a qilasizlarmi, deb so‘rab qoldi. “1 ta libos ham gapmi, agar finalga chiqadigan bo‘lsak, butun oila a’zolaring bilan finalni O‘zbekiston milliy terma jamoasining libosida tomosha qilasizlar” deb aytdik.

Ha, aytgancha, ertalab, hali Sharjada ekanimizda nonushta payti qiziq voqea ro‘y berdi. Meni O‘zbekiston delegatsiyasi libosida yurganimni ko‘rgan 7-8 yoshlardagi bolakay oldimga kelib, rus tilida gap boshladi. U Ummon bilan uchrashuvni stadionda tomosha qilganini, o‘yin davomida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarini qo‘llab-quvvatlab turganini aytib o‘tdi. Dadasi ham shu yerda ekan, bir oz suhbatlashdik. Ular asli toshkentlik bo‘lib, Dubayda ish bilan yurishgan ekan. O‘zbekiston terma jamoasiga kelgusi o‘yinlarda omad tilashdi. Biz esa ularga tashakkur bildirib qoldik. Vatandan uzoqda yurganda vatandoshlaringni uchratish hamisha yoqimli.

Bugungi mashg‘ulotni yoritish uchun o‘zbekistonlik jurnalistlar ham tashrif buyurishdi. Ular mashg‘ulotlar tugaganidan keyin Eldor Shomurodovdan maydon chetida intervyu olmoqchi ekanliklarini aytib o‘tishdi. Odatda, mashg‘ulot tugaganidan keyin futbolchilar muzli vanna qabul qilish uchun darrov mehmonxonaga yo‘l olishadi. Recovering, ya’ni tiklanish jarayonini o‘tkazish uchun. Shu sababli bu vaqtda intervyu olish ularga halaqit berishi mumkin. Ammo bugun Kuper o‘zbekistonlik jurnalistlarga mashg‘ulotdan keyin Shomurodovdan intervyu olishga ruxsat berdi. “U Ummonga qarshi o‘yinda bizga g‘alaba keltirgan golni urdi. Eldorga endi hamma narsa mumkin”, - deya hazillashdi Kuper.

Ertaga mashg‘ulotlar davom etadi. Bizni Turkmanistonga qarshi o‘yin kutmoqda. Maqsad – faqat g‘alaba!
Yoqubjon Bobojonov, O‘FA Matbuot xizmati boshlig‘i
Dubay, BAA

Manba: www.ufa.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Osiyo Kubogi kundaligi, 9-kun: Uch ochko cho‘ntakda, ishlashda davom etamiz!