«Manchester Siti» o‘z maydonida «Chelsi»ni qaqshatdi, hisob 6:0 (video)

  • 10 fevral 2019, 23:20
  • 1 182
  • Sport
  • «Manchester Siti» o‘z maydonida «Chelsi»ni qaqshatdi, hisob 6:0 (video)
    Angliya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan «Manchester Siti» – «Chelsi» uchrashuvi o‘z yakuniga yetdi. «Etixad Stedium»da bo‘lib o‘tgan o‘yinda mezbonlar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

    Uchrashuvning 4-daqiqasidayoq Raxim Streling mankunianlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 13-daqiqada Serxio Aguero o‘zining aniq zarbasi bilan ikkinchi golni urdi.

    Oradan besh daqiqa o‘tar-o‘tmas Aguero o‘zining ajoyib goli bilan hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi. 25-daqiqada Ilkay Gyundogan jamoasining to‘rtinchi golini urdi.

    Tanaffusdan so‘ng ham mezbonlar yana ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘lishdi. 56-daqiqada Aguero penaltini aniq bajarib, bahsdagi xet-trigini nishonladi. 80-daqiqada Sterling jamoasining chiroyli kombinatsiyasini gol bilan yakunladi.

    Shu tariqa, Pep Gvardiola shogirdlari ochkolarini 65taga yetkazib olgan holda yana birinchi o‘ringa ko‘tarilib olishdi. Kecha «MYu»ni oldinga qo‘yib yuborgan «Chelsi» (50) esa 5-pog‘onada qoldi.
    APL, 26-tur
    Manchester Siti – Chelsi 6:0 (4:0, 2:0)
    Gollar:
    1:0 – 4 Sterling, 2:0 – 13 Aguero, 3:0 – 19 Aguero, 4:0 – 25 Gyundogan, 5:0 – 56, penalti Aguero, 6:0 – 80 Sterling.
    Manchester Siti – Ederson, Laport, Stounz, Uoker, Zinchenko, de Bryuyne (Marez, 68), Fernandino (Silva, 75), Bernardu Silva, Gyundogan, Sterling, Aguero (Gabriel Jezus, 65).
    Chelsi – Arrisabalaga, Ryudiger, Alonso (Emerson, 73), Aspilikueta, David Luiz, Barkli (Kovachich, 52), Jorjino, Pedro (Loftus-Chik, 65), Kante, Azar, Iguain.
    Ogohlantishilar: Jorjino (60), Alonso (69), Gyundogan (77).


    Manba: www.uff.uz

    » » «Manchester Siti» o‘z maydonida «Chelsi»ni qaqshatdi, hisob 6:0 (video)