12:43 / 24.02.2019
3 953

Messi «Oltin butsa» uchun poygada peshqadamlik qilmoqda

Messi «Oltin butsa» uchun poygada peshqadamlik qilmoqda
«Barselona» hujumchisi Lionel Messi La Liga 25-turidan o‘rin olgan «Sevilya»ga qarshi o‘yinda uchta gol urdi va jamoasiga muhim g‘alabani keltirdi. Bu Leoning faoliyatidagi 50-xet-trigi bo‘ldi.

Argentinalik megayulduz La Liga bahslarida 32 marta raqiblar darvozasiga uchta gol urgan. Messining xet-trigidan eng ko‘p (4 martadan) «Sevilya» va «Valensiya» «jabr ko‘rgan». «Atletiko», «Osasuna» va «Deportivo» darvozalariga Leo uch martadan xet-trik yo‘llagan.
Messi xet-triklar borasida zamonaviy futbolning yana bir afsonasi Krishtianu Ronaldudangina ortda qolmoqda. Ronalduning hisobida 51 ta xet-trik bor.

Futbolchi ushbu o‘yinning 26-daqiqasida hisobni ochish orqali 26-marta «Sevilya» darvozasini ishg‘ol qildi – bu La Liga doirasidagi bir jamoa darvozasiga urilgan gollar rekordidir. Avvalroq Messi va Krishtianu Ronaldu hisobida «Sevilya» darvozasiga urilgan 25 ta gol bor edi.
Messi «Oltin butsa» uchun poygada peshqadamlik qilishda davom etmoqda. Primeraning 25-turida «Sevileya»ga qarshi safarda kechgan o‘yinda (4:2) argentinalik futbolchi xet-trik muallifi bo‘ldi.

Messi Ispaniya chempionatining joriy mavsumida jamoasining 23 o‘yinida 25 ta gol urgan.
«Barselona» yetakchisining «Oltin butsa» uchun asosiy raqobatchisi «PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe bo‘lib, u Fransiya chempionatida 20 o‘yinda 22 golga mualliflik qilgan. Uchinchi o‘rinda esa Italiya A Seriyasida 24 o‘yinda 19 bor raqiblar darvozabonini ranjitgan «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu bormoqda.

«Oltin butsa» uchun poyga
1. Lionel Messi («Barselona») — 25 gol
2. Kilian Mbappe («PSJ») — 22
3. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») — 19
4. Kshishtof Pyontek («Milan») — 18
5. Edinson Kavani («PSJ») — 17
6. Muhammad Saloh («Liverpul») — 17
7. Serxio Aguero («Manchester Siti») — 17
8. Fabio Kvalyarella («Sampdoriya») — 16
9. Duvan Sapata («Atalanta») — 16
10. Nikolya Pepe («Lill») — 16
11. Luis Suares («Barselona») — 16

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Messi «Oltin butsa» uchun poygada peshqadamlik qilmoqda