Temurxoʻja Abduholiqov: “Hozircha qogʻozda kuchlimiz”

  • 04 mart 2019, 00:13
  • 2 718
  • Sport
  • Temurxoʻja Abduholiqov: “Hozircha qogʻozda kuchlimiz”
    “Lokomotiv” klubi yana bir sovrinni oʻziniki qilib oldi. Xabaringiz bor, oʻtgan haftada yangi mavsum boshlanishi oldidan Oʻzbekiston Superkubogi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda oʻtgan yilgi Oʻzbekiston chempioni “Lokomotiv” Kubok sohibi OKMK bilan kuch sinashdi. Qiziqarli kechgan uchrashuvda esa temiryoʻlchilar 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, Superkubokni qoʻlga kiritishdi va besh yil ichidagi 8-sovringa ega boʻlishdi.

    Ushbu uchrashuvda esa birinchi gol muallifi boʻlgan hujumchi Temurxoʻja Abduholiqov “Lokomotiv”ning gʻalabasi uchun katta hissasini qoʻshdi. Shu bois oʻyindan keyin oʻzining taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.

    "Bu – futbol va uning hayoti shunday. Bugun bu yerda boʻlsangiz, ertaga boshqa yerda boʻlasiz. Buni shunchaki normal holat sifatida qabul qilishimiz kerak. Albatta, “Lokomotiv”ga bu yil kelgan futbolchilar yangi oilaga kelishdi. Ular ham kecha oʻynashni boshlagan futbolchilar emas. Toʻgʻrisi, bu yil xarid qilingan ijrochilar menga yoqdi, ular tajribali futbolchilar va jamoamizga yordam bera olishadi. Albatta, “Lokomotiv”ning qanchalik kuchsizlangan yoki kuchayganini mavsum oxirida bilib olamiz. Superkubokdagi bitta oʻyindan xulosa chiqarish qiyin. Qachonki, chempionat tugaganida shundagina aniq fikr aytish mumkin. Lekin umid qilamanki, biz yanada oldinga intilishda davom etamiz. Oʻz fikrimni aytadigan boʻlsam, klubdagi yuz bergan seleksiyadan soʻng “Lokomotiv”ni kuchaydi deb hisoblayman. Faqat buni amalda isbotay olishimiz kerak. Mavsum davomida qoʻlga kiritadigan natijalarimiz bilan isbotlay olsak, haqiqatdan kuchayganimizni hammaga koʻrsata olgan boʻlamiz. Hozircha biz shunchaki qogʻozda kuchlimiz. Endi esa hammamiz birlashib, kuchimizni amalda koʻrsatishimiz lozim.

    » » Temurxoʻja Abduholiqov: “Hozircha qogʻozda kuchlimiz”