17:23 / 09.03.2019
3 200

Uaylder Joshuaga qarshi ringga chiqishga vaʼda berdi

Uaylder Joshuaga qarshi ringga chiqishga vaʼda berdi
Butunjahon boks kengashi (WBC) yoʻnalishi boʻyicha ogʻir vazn toifasidagi jahon chempioni Deontey Uaylder super ogʻir vazndagi jahon chempioni Entoni Joshua bilan jang oʻtkazishga tayyorligini maʼlum qildi.

Sportchining ishqibozlarni ishontirishicha, bunday bahs albatta amalga oshadi.

“Joshua bilan jang boʻladi. Bu jang oʻtkaziladi. Men odamlar bu bahsni koʻrish yoki koʻra olmasliklari haqida tashvishlanishlarini istamayman. Sizlar Deontey Uaylderning Entoni Joshuaga qarshi shousini koʻrasiz. Biz bir chempion, bir shaxs, bir nom boʻlamiz va bu yaqin orada sodir boʻlishi mumkin. Sizlar faqat kutishingiz lozim. Bu sodir boʻladi, men barchani tinchlantirishni xohlayman, biroz vaqt talab etiladi”, - deya Uayderning soʻzlarini keltiradi Thaboxingvoice.

Bundan oldin, WBC prezidenti Mauritsio Sulaymon chempion Dominik Brizil bilan ringda uchrashishga majbur ekani haqida maʼlum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Uaylder Joshuaga qarshi ringga chiqishga vaʼda berdi