20:30 / 16.03.2019
3 075

Kumushxon Fayzullayeva jahon chempionatining eng yaxshi atleti deb topildi

Kumushxon Fayzullayeva jahon chempionatining eng yaxshi atleti deb topildi
Las-Vegasda ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempionati yakunlandi. Bu haqda Jismoniy tarbiya vs sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Tantanali yopilish marosimida musobaqaning eng yaxshi qiz va yigit ishtirokchilari taqdirlandi.

Qizlar oʻrtasida -64 kg vazn toifasida ikkita jahon rekordini oʻrnatgan va uchta oltin medalni qoʻlga kiritgan oʻzbekistonlik Kumushxon Fayzullayeva musobaqaning eng yaxshi atleti deb topildi.

Sportchiga maxsus sovrinni Xalqaro ogʻir atletika federatsiyasi prezidenti Tamash Ayan topshirdi.
AQSHdagi jahon chempionatida Oʻzbekistondan yetti sportchi qatnashdi va ularning olti nafari shohsupaga koʻtarildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kumushxon Fayzullayeva jahon chempionatining eng yaxshi atleti deb topildi