11:37 / 31.03.2019
2 334

Qudratillo Abduqahhorov navbatdagi jangida ham gʻalaba qozondi (video)

Qudratillo Abduqahhorov navbatdagi jangida ham gʻalaba qozondi (video)
Toshkent vaqti bilan 31 mart tongida professional boksning yarim oʻrta (-66,68 kg) vazn toifasi vakili oʻzbekistonlik Qudratillo Abduqahhorov (15 ta gʻalaba, 9 ta nokaut) IBF kamariga birinchi raqamli daʼvogar boʻlish uchun yaponiyalik Keita Obaraga (20 ta gʻalaba, 1 ta durang, 3 ta magʻlubiyat, 18 ta nokaut) qarshi ringga koʻtarildi.

Filadelfiya shahridagi 2300 arenasida boʻlib oʻtgan 12 raundlik jangda Qudratillo hakamlarning birdek ovozi (118-110, 117-111, 115-113) evaziga gʻalaba qozondi. Natijada oʻzbekistonlik bokschi IBF reytingida birinchi oʻringa koʻtariladigan boʻldi. Endi u chempion bilan jang qiluvchi majburiy daʼvogarga aylandi.

Mazkur vazn toifasida amerikalik Errol Spens (25-0, 21 KO) chempion sanaladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qudratillo Abduqahhorov navbatdagi jangida ham gʻalaba qozondi (video)