Nima uchun "Real"ga aynan Mbappe kerak?!

  • 10 aprel 2019, 06:35
  • 701
  • Sport
  • Nima uchun "Real"ga aynan Mbappe kerak?!
    Ba’zi narsalar Mbappeni takrorlanmas qiladi. U chindan 280 mlnga arziydi.
    Agar "Real" uni sotib ololsa, afsuslanmaydi. Nega deysizmi?! Keling, sizga bir nechta sabablar bilan fikrimizni isbotlab berishga harakat qilamiz.

    Oxirgi kunlarda Kilian Mbappening «Real»ga transferi haqidagi yangiliklardan berkingani joy topib bo‘lmay qoldi. Fransuz OAVi Madridda ushbu transfer uchun aqlbovar qilmas summa tayyorlanayotganini yozayotgan bo‘lsa, ispaniyalik hamkasblarimiz forvard «Real Madrid» ustozi bilan suhbatlashib ulgurgani va jamoasini o‘zgartirishga tayyorligini aytib o‘tganini ta’kidlashmoqda.

    Ushbu transfer amalga oshish-oshmasligi haqiad bir nima deyish mushkul: «Real» moliyaviy muammolarga odatda duch kelmaydi, hozir ham FFP bilan muammo yo‘q (agarda Garet jamoani tark etadigan bo‘lsa, barchasi shunga qarab ketayapti, ish yana ham osonlashadi), lekin Zinedin Zidan bilan ishlash istagini bildirayotgan top-futbolchilar ko‘pligi va ro‘yxatdagi ismlar hayratga solmoqda. U yerda siz Eden Azar, bir necha kun oldin yana Zidan o‘zining kumiri ekanligini aytib o‘tdi. Lekin muhimi bu emas: agar «Real» yo‘lini topib, bu transferni amalga oshira olsa, France Football yozayotgan 280 mln ham ko‘p bo‘lmaydi.

    Nega Mbappening transferi 280 mln turadi
    Maydondu futbolchi hozirning o‘zida ko‘rsatayotgan o‘yini, harakatlari bilan baholanadi, lekin uning transfer narxini belgilayotganda yoshi, kelajakda yanada o‘sishi mumkinligi va shunga o‘xshash faktorlar ham inobatga olinadi. Shu sababli 20 yoshdagi futbolchilarga stabillik yetishmaydi. Yorqin o‘yinlar bo‘ladi, lekin butun mavsum davomida shunday yuqori notada harakat qilish qiyinlik qiladi. Bunga Azar, Grizmann, Dibala, Salax, de Bryoyne va yana ko‘plab futbolchilarni misol qilib keltirish mumkin. Katta sahnaga juda erta chiqqan bu futbolchilar vaqt o‘tishi bilan, tajriba to‘plagach, bugungi darajalariga yetishdi.

    Transfer bozorida iqtidor va yoshga qarab narx belgilanadi. Ya’ni futbolchi qanchalik yosh va iqtidorli bo‘lsa, uning narxi shunchalik qimmat bo‘ladi. Va faqat sanoqli futbolchilargina bu kabi talablarsiz baholanadi. Krishtianu Ronaldu 20 yoshida «MYu» asosiy tarkibida o‘ynar, 21 yoshida mavsum davomida 20 dan ortiq gol urgan va "Oltin to‘p" uchun nomzodlar ro‘yxatiga kirgach, Fergyusonning asosiy quroliga aylandi – ushandan buyon portugaliyalik plankani pasaytirgani yo‘q. Leo Messi 19 yoshida «Barsa» safida ajoyib mavsum o‘tkazgan, keyin mavsum yo‘qolib qolmadi va 21 yoshida Gvardiola kelgach, o‘zga sayyoralikka aylandi. Kim biladi deysiz balki Mbappe ham shu qatorga qo‘shila olar.

    Uning katta futbolga ko‘nikish davri 2016/17-yillardagi mavsum kuziga to‘g‘ri keldi, o‘shanda Mbappe 17 yoshda edi. 2017 yil qishidan «Monako» asosiy tarkibiga kirgan Kilianning sermahsulligi pasaymayapti. O‘sha mavsumda va keyingilarida u 20+ gol urdi. Bu mavsum PSJ safida 20 yoshli Mbappe 30 dan ortiq gol urdi va mavsum hali tugaganicha yo‘q. Aynan shu sababli, Mbappeni noyob futbolchilar qatoriga qo‘shishimiz mumkin.

    Bor yo‘g‘i 20 yosh, lekin tajribasi qanday?
    Har qanday futbolchiga yangi klub, yangi chempionatga ko‘nikishi uchun vaqt kerak bo‘lishi hech kimgan sir emas. Ayniqsa yosh futbolchilarga bu borada qiyinroq bo‘ladi. Adaptatsiya degan narsani hech kim chetlab o‘ta olmaydi. Ammo bundan tashqari, bosim degan jihat ham mavjud. 222 mln evaziga Parijga ko‘chib o‘tgan Neymardan so‘rang, so‘zlarimizni tasdiqlay oladi. Top-klubga o‘tish ko‘plab narsalarni talab qiladi: sifatli o‘yin o‘z-o‘zidan bo‘lishi kerak, bu haqida ortiqcha gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Natija ham hoziroq va shu yerda talab qilinadi. Istaymizmi yoki yo‘q transfer narxi (qimmatligi) futbolchi va uning o‘yiniga bo‘lgan munosabatga ta’sir ko‘rsatadi. Eng iqtidorli futbolchi ham bunday bosimga dosh bera olmasligi mumkin. Ayniqsa Madridning «Real» klubidagidek bosimga. Bu yerda nafaqat tashqaridan bosim bo‘ladi, balki klub prezidenti ham ha deganda futbolchini yo‘qlab turadi.

    Bu borada ham Mbappe o‘ziga xos. 20 yoshida u top-klubga o‘tish, transfer narxi bosimi, hal qiluvchi bahslarda (hech bo‘lmaganda terma safida) ishtirok etish kabi sarguzashtlarni boshidan o‘tkazib ulgurdi.

    Jahon chempionatida Fransiya o‘yinlarning ko‘pini pragmatik futbol ko‘rsatib o‘tkazgan bo‘lsa, ikki bor haqiqiy shou ko‘rsatishga to‘g‘ri keldi. Umumiy hisoblab chiqsak, fransuzlar turnir davomida bor yo‘g‘i 19 daqiqa kim(lar)dandir hisobda ortda qolayotgan edi. Nisbatan qiyinroq o‘tgan o‘yinlar Argentina va Xorvatiyaga qarshi uchrashuvlarda Mbappe ayniqsa yaxshiroq o‘yin ko‘rsatdi. JChdagi o‘zining 4 golidan 3tasini aynan shu o‘yinlarda urdi va golli pas berdi. U trofeylar keltirishga tayyor. «PSJ» safidagi omadsizlik bu alohida masala. Kilian hattoki o‘sha o‘yinda ham, «Liverpul» darvozasiga ham gol ura oldi. Ya’ni "qiyin o‘yinlarda yo‘q bo‘lib qoladi" degan ibora bizning qaxramonimizga to‘g‘ri kelmaydi.

    Nega "Real"ga aynan u kerak?!
    Birinchidan, bu futbolchi – misol uchun ushbu mavsum boshidan buyon hisobalaydigan bo‘lsak, har 61 daqiqada yoki gol urmoqda, yoki sheriklariga golli uzatma yetkazib bermoqda. Ikkinchidan, u yosh bo‘lgani sabab, "Real" uzoq yillar davomida ushbu pozitsiyaga boshqa futbolchi qidirishining xojati bo‘lmaydi. Va mabodo, voqealar rivoji kutilganidek ketmaydigan bo‘lsa ham, Kilian katta pul olib keladi.

    Uchinchidan, OAV vakillari davrasida Mbappe – ijobiy qaxramon va u bugungi kungacha hech qanday janjalli ishlarga aralashib qolmagan. Bu bilan u "oppoq" demoqchimasman, shunchaki, u omadli bo‘lgani uchunmi yo boshqa sabab bormi, ba’zi ishlari e’tibordan chetda qoladi yoki ortiqcha vaxima ko‘tarilmay o‘tib ketadi. Bir necha kun davomida terma safida ketma-ket simulyatsiya ishlatish - tasavvur qiling agar Neymar shunday qilsa, nimalar bo‘lib ketadi. Lekin Mbappega bo‘laveradi, hech kim unga laqab ham topib o‘tirmaydi, yoki memlar qaxramoniga ham aylanib ketmaydi. Shu bilan birga, media-dunyosida uning ham o‘z o‘rni bor va bu borada u misol uchun Pogbadan qolishmaydi: Pol «instagram»da 34 mln obunachisi bo‘lsa, Kilianda 28 mln. Ya’ni "Real" yaxshi ko‘radigani, aniqrog‘i, Peres xush ko‘radigan jihat, piar-agent sifatida ham Mbappe jahon yulduzlaridan qolishmaydi, va ularning ko‘pchiligidan farqli o‘laroq negativ fikrlarga sabab bo‘lmaydi.

    Va nihoyat, yana bir sabab: u bo‘lmasa, boshqa kim Florentino Peres o‘ng qanotda Beylni unutishiga yordam bera oladi?

    » » Nima uchun "Real"ga aynan Mbappe kerak?!