Bugun, 19 aprel kuni Tailand poytaxti Bangkok shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionati start oladi.
Kecha musobaqadan avval vazn o‘lchash va qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekistonlik bokschilar turnirni reyting pog‘onalariga qarab turli bosqichlardan boshlashadi.
Erkaklar o‘rtasidagi bahslarning qur’a natijalari quyidagicha:
– 49 kg: Nodirjon Mirzahmedov – D.Xasebe (Yaponiya)
– 52 kg: Hasanboy Do‘smatov – T.Drugel (Butan)
– 56 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – A.Alibekov (Qirg‘iziston) / N.Simfavong (Laos)
– 60 kg: Shukurjon Rahimov – K.Choye (KXDR)
– 64 kg: Shunqor Abdurasulov – K. Al-Ezire (Iroq)
– 69 kg: Bobo-Usmon Boturov – B.Ganbatar (Mo‘g‘uliston)
– 75 kg: Isroil Madrimov – T. Vu (Vetnam)
– 81 kg: Dilshodbek Ro‘zmatov – B. Yadav (Hindiston)
– 91 kg: Sanjar Tursunov – X. Xan (Xitoy) / S. Boboshev (Qirg‘iziston)
+ 91 kg: Bahodir Jalolov – X. Mu (Xitoy)
Birinchi kungi janglarda o‘zbekistonlik bokschilardan Shunqor Abdurasulov va Bobo-Usmon Boturov ringga chiqadi. -64 kg vazn toifasi vakili Abdurasulovning iroqlik Al-Ezirega qarshi jangi Toshkent vaqti bilan 13:45ga, -69 kg vaznda esa Boturovning mo‘g‘ulistonlik Ganbatarga qarshi bahsi soat 16:15ga belgilangan. Janglar vaqti taxminan olingan bo‘lib, undan avvalgi bahslar yakunlanishiga qarab o‘zgarishi mumkin.
Shuningdek, bugun O‘zbekiston ayollar terma jamoasidan -57 kg vazn toifasida Yodgoroy Mirzayeva shri-lankalik Krishmi bilan jang qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan taxminan soat 17:30da boshlanadi.
Qayd etish kerak, Osiyo chempionatida O‘zbekiston ayollar terma jamoasi quyidagi tarkibda ishtirok etadi: Fotima Tursunboyeva (- 48 kg), Farangiz Hoshimova (- 51 kg), Tursunoy Rahimova (- 54 kg), Yodgoroy Mirzayeva (- 57 kg), Rayxona Qodirova (- 60 kg), Maftuna Meliyeva (- 64 kg), Shahnoza Yunusova (- 69 kg), Mavluda Mavlonova (- 75 kg), E’zoza Meliyeva (- 81 kg).
Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik bokschilar 1995 yildan boshlab qit’a chempionatida ishtirok etib kelishadi, hozirgacha 4 marta (1999, 2002, 2007 va 2017 yillari) umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashgan. Rekord ko‘rsatkich 2017 yilda qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda 10 ta vaznning 9 tasida O‘zbekiston vakillari oltin medalga sazovor bo‘lgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi