23:03 / 24.04.2019
4 483

Tojikiston prezidentining o‘g‘li Umid Ahmadjonov o‘rnini egalladi

Tojikiston prezidentining o‘g‘li Umid Ahmadjonov o‘rnini egalladi
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasining navbatdagi kengashi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Tojikiston Futbol federatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.

Dushanbe shahridagi Hyatt Regency Dushanbe mehmonxonasida o‘tkazilgan yig‘ilishda Markaziy Osiyo futbol federatsiyasi assotsiatsiyasining (Central Asian Football Association) yangi rahbari sifatida Tojikiston Futbol federatsiyasi prezidenti Rustam Emomali saylandi.

U endilikda tashkilot rahbarligi lavozimida ishlab kelgan O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovning o‘rnida faoliyat yuritadi.

Shuningdek, CAFA shtab-kvartirasi Toshkentdan shahridan Dushanbega ko‘chiriladi.

Qayd etilishicha, kengashda Qirg‘iziston Futbol federatsiyasi vitse-prezidenti Dastanbek Konokbayev tashkilot birinchi vitse-prezidenti etib, Turkmaniston Futbol federatsiyasi bosh kotibi Arslan Aynazarov esa CAFA ning vitse-prezidenti etib saylangan.

Ma’lumot uchun, 2014 yil 10 iyunda tashkil etilgan tashkilot Afg‘oniston, Eron, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasini birlashtirib turadi. Ushbu tashkilotga Mirabror Usmonov va Umid Ahmadjonov kabi o‘zbekistonlik futbol rasmiylari ham rahbarlik qilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Tojikiston prezidentining o‘g‘li Umid Ahmadjonov o‘rnini egalladi