Fabio Kannavaro ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida Xitoy milliy jamoasi boshqaruvidan ketganini e’lon qildi.
45 yoshli mutaxassis bu qarorini oilasiga va «Guanchjou Evergrand» klubi bosh murabbiyi sifatidagi faoliyatiga ko‘proq e’tiborini qaratishi kerakligi bilan izohlagan.
«Men bir necha yildan buyon yashab kelayotgan mamlakatga hurmat saqlagan holda Xitoy milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimini topshirish qarorim haqida ma’lum qilishni joiz deb bilaman», – deb yozgan Kannavaro Weibo`dagi sahifasida.
Italiyalik murabbiy xitoyliklar milliy jamoasini fevral oyida hamyurti Marchello Lippidan qabul qilib olgandi. Lippi jamoani Osiyo kubogi chorak finaligacha olib chiqib, shartnoma muddati tugagani sabab iste’foga chiqqan, so‘ng uning o‘rnini 2017 yildan buyon «Guanchjou Evergrand» bosh murabbiyi bo‘lib kelayotgan Kannavaro egallagandi.
Bir vaqtda ham klubni, ham terma jamoani boshqargan Fabio Xitoyni mart oyida shu mamlakatda bo‘lib o‘tgan «China Cup» turniri doirasidagi ikkita o‘yinda maydonga boshlab tushdi. Yarim finalda Tailandga yutqazib qo‘ygan (0:1) mezbonlar uchinchi o‘rin uchun bahsda O‘zbekiston milliy jamoasiga ham imkoniyatni boy berishgandi (0:1). O‘zbekiston bilan o‘yinda xitoyliklar darvoza tomon birorta ham aniq zarba yo‘llashmaganini ta’kidlash joiz.
Kannavaro boshqaruvidagi «Guanchjou Evergrand» Xitoy chempionatida 7-turdan keyin 2-o‘rinda bormoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi