21:47 / 18.05.2019
2 756

Superliga. "Nasaf" Murtozoyevning dubli evaziga "Qo‘qon-1912"ni mag‘lubiyatga uchratdi

Superliga. "Nasaf" Murtozoyevning dubli evaziga "Qo‘qon-1912"ni mag‘lubiyatga uchratdi
Superliganing 9-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Qo‘qon-1912" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning dastlabki bo‘limida har ikkala jamoada ham imkoniyatlar yuzaga kelgan bo‘ls-da , hisob ochish birorta jamoa vakillariga nasib qilgani yo‘q.

Ikkinchi bo‘limda Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari faollikni oshirishdi. Buning natijasida 55-daqiqada Humoyun Murtozoyev hisobni ochishga erishdi, - 1:0. Goldan qo‘qonliklar o‘zlariga kelib ulgurmasidan Murtozoyev navbatdagi golini kiritdi, - 2:0. Shu tariqa "Nasaf" o‘z maydonida ishonchli g‘alabaga erishdi.

NASAF – QO‘QON-1912 - 2:0
Gollar:
Humoyun Murtozayev 54, - 1:0. Humoyun Murtozayev 56, - 2:0.

"Nasaf": Umidjon Ergashev, G‘olib G‘aybullayev, Azizjon G‘aniyev, Dilshod Saitov, Humoyun Murtozayev (Bobir Abdixoliqov, 82), Sharof Muhitdinov (Akmal Mozgovoy, 77), Doniyor Narzullayev (Oybek Bozorov, 76), Boburbek Davlatov, Islom Rashidxonov, Xurshidbek Muxtorov, Umar Eshmurodov
Zaxira: 35. Abduvohid Ne’matov, 4. Husniddin Aliqulov, 15. Jo‘rabek Mannonov, 16. Alisher Yusupov, 19. Sardor Abduraimov, 34. Sherzod Nasrullayev,

"Qo‘qon-1912": Boyan Knejevich, Jamshid Hasanov, Quvondiq Ro‘ziyev, Oybek Rustamov, Jasur Hasanov (Timur Usmonov, 67), Suhrob Berdiyev, Iqbol Malikjonov (Bexruz Sadilloyev, 59), Shahboz Erkinov (Timur Hakimov, 86), Aleksandr Merzlyakov, Marko Milich, Murod Xolmuhammedov
Zaxira: 1. Islom Abdullayev, 13. Javohir Esonqulov, 14. Avaz Mamatxo‘jayev, 55. Milosh Nikolich.
Ogohlantirishlar: G‘olib G‘aybullayev 17, Oybek Rustamov 64.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Superliga. "Nasaf" Murtozoyevning dubli evaziga "Qo‘qon-1912"ni mag‘lubiyatga uchratdi