3 235
Baxtiyor Ashurmatov "Surxon" rahbariyati maoshlarni to‘lab bergani va "Nasaf"ga qarshi o‘yindagi mag‘lubiyatga izoh berdi
Superliga 14-turida "Surxon" o‘z maydonida "Nasaf"ga imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvdan so‘ng mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov bellashuv borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- Avvalambor, bugungi mag‘lubiyat uchun muxlislarimizdan uzr so‘rayman. «Nasaf» yaxshi jamoa, lekin muxlislarimiz oldida o‘z maydonimizda bundan yaxshirok, tajovuzkorroq o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. Biz ishqibozlarimiz oldidagi aybimizni yuvish uchun keyingi o‘yinlarda xudo xohlasa kerakli ochkolarni qo‘lga kiritishimiz lozim. Rahbariyatimiz jamoaga hamma sharoitlarni yaratib berishmokda. Oylik maoshlar ham to‘landi. Biz shunga yarasha munosib uyin ko‘rsatishimiz kerak. Mag‘lubiyatda aybdorman. Surxondaryoda yaxshi jamoa bo‘lishi uchun yurakdan mehnat kilmokdamiz. Nasib kilsa, tez orada jamoamiz muxlislarimizga manzur bo‘ladigan chiroyli o‘yin ko‘rsatishiga ishonib qolaman, - dedi Baxtiyor Ashurmatov. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi