08:30 / 18.08.2019
2 256

Aziz To‘xtaboyev: “Yoshlar juda ta’sirchan bo‘ladi...”

Aziz To‘xtaboyev: “Yoshlar juda ta’sirchan bo‘ladi...”
Coca Cola superliga 17-tur doirasidagi «Qo‘qon-1912» - «Surxon» uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida “Qo‘qon1912” jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchisi Aziz To‘xtaboyev qatnashdi.

- O‘yinda tezkor gol kiritdik. Keyin raqib futbolchilari hisobni tenglashtirishdi. Butun o‘yin davomida futbolchilarimiz borlarini berib o‘ynashdi. Buning uchun ularga rahmat aytaman. Hech bir g‘alaba osonlikcha bo‘lmaydi. Bugungi g‘alabamizda muxlislarimizning hissasi ham katta bo‘ldi. Vaziyatlardan foydalanishda biroz kamchiliklarimiz bor.

Hujumchilarimizga sovuqqonlik yetishmayapti. Ular golli vaziyatlarda biroz shoshilib qolishdi. Aks holda bugun hisob yirik ko‘rinish olishi mumkin edi.

Bugungi o‘yinda Avazxon Mamatxo‘jayev har ikkala golda ham ishtirok etdi. Uning kelajagi porloq deb o‘ylayman. Uning bundanda yaxshi o‘yinlari hali oldinda.

Muxlislarimiz yosh futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlashlarini tilab qolardim. Chunki yoshlar juda ta’sirchan bo‘ladi, ularni hozir qo‘llab tursak o‘yinlari yanada ochiladi deb o‘ylayman.

Bugun maydonda o‘ynagan barcha futbolchilarimiz yaxshi o‘ynashdi. Ikkinchi davra arafasida jamoamiz safiga kelib qo‘shilgan yosh futbolchilar jamoamizga tezda moslashishdi. Ulardan hali umidimiz katta. Sindarov hamda Ahmadovlarning o‘yini bizni to‘liq qoniqtirmoqda. Jamoamizda ichki muhit ayni kunlarda juda ajoyib. Bizni qo‘llab turgan barcha muxlislarimizga bosh egib ta’zim qilaman.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aziz To‘xtaboyev: “Yoshlar juda ta’sirchan bo‘ladi...”