Foto: Yandex Photos
UFC yengil vazn toifasida vaqtinchalik chempion Dastin Pore Habib Nurmagomedovga qarshi jang oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Menga har doim katta bosim o‘tkazishadi, biroq, o‘ylashimcha, hozirda bosim Habibda ko‘proq.
Meni barcha hisobdan chiqarib qo‘ydi, shu sabab harakatlarim hamma o‘ylaganidan yaxshiroq bo‘ladi. Habib esa yuqori saviyada turibdi, u kutilganlarni isbotlash uchun oktagonga chiqishi va ustunlikka ega bo‘lishi kerak.
Agar u yutqazadigan bo‘lsa, o‘sishda davom etadi. Menimcha, u shunday yigitlardan. Biroq hozircha bunday bo‘layotgani yo‘q. Mening rejam — uni mana shu holga solish.
Agar Habibni yengsam, u holda ketma-ket ikkinchi chempionni qulatgan bo‘laman, birinchisi Maks Hollouey edi. Men bu imkoniyatdan foydalanmoqchiman», — deydi Pore.
Eslatib o‘tamiz, Habib va Pore o‘rtasidagi jang 7 sentyabr, shanba kuni Abu Dabida bo‘lib o‘tadi. Jang kechasi Toshkent vaqti bilan 22:00 da start oladi. Habib ishtirokidagi jang esa 01:00 da boshlanishi kutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...