AQShning Nyu-York shahrida US Open turniri finalida mazkur turnirning 6 karra g‘olibi, 23 karra «Katta dubulg‘a» turkumidagi turnirlarda g‘olib chiqqan amerikalik tajribali tennischi Serena Uilyams 19 yoshli kanadalik Byanki Andreyeskuga sensatsion ravishda mag‘lub bo‘ldi.
Bu 37 yoshli amerikalik tennischi uchun «Katta dubulg‘a» turkumidagi turnirlar finallarida qatorasiga to‘rtinchi marta mag‘lub bo‘lishidir. Uning bu mag‘lubiyatlarining barchasi 2018 yilda tug‘ruq ta’tilidan kortga qaytishidan keyin ro‘y bergan. Bunga qadar u butun faoliyati davomida «Katta dubulg‘a» turnirlarida jami 6 marta finalni boy bergandi.
Yil boshida kuchli tennischilarning 150 kishilik ro‘yxatiga ham kirmagan kanadalik tennischi 6:3, 7:5 hisoblarida g‘alaba qozonib, o‘z faoliyatida ilk marta «Katta dubulg‘a» turkumidagi turnir g‘olibi bo‘ldi. E’tiborli jihati, ushbu yosh tennischi o‘z faoliyatida ilk marta shunday darajadagi turnirni asosiy setkada boshlagandi. U o‘z faoliyatida asosiy setkada atigi 4ta o‘yin o‘tkazib, titul sohibi bo‘lgan tarixdagi ikkinchi tennischi bo‘ldi. Bungacha bunday natija «Rolan Garros»-1990 turnirida Monika Selesh tomonidan qayd etilgandi.
Straight. Sets.
— ESPN (@espn) September 7, 2019
19-year-old Bianca Andreescu knocks off Serena Williams to win the #USOpen Final. pic.twitter.com/OW89yhHUow
Bugun, 8 sentyabr kuni Amerika ochiq chempionatining erkaklar o‘rtasidagi musobaqalari finali bo‘lib o‘tadi. Unda rossiyalik Daniil Medvedev ispaniyalik Rafael Nadalga qarshi kortga chiqadi.
US Open turnirining 2019 yildagi sovrin jamg‘armasi 57 million dollarni tashkil etadi.
US Open
Nyu-York, AQSh
2019 yil, 26 avgust – 8 sentyabr
«Katta dubulg‘a» turniri
Sovrin jamg‘armasi – 57 000 000 dollar
Ochiq kortlar, hard
Yakkalik razryad
Final
Byanka Andreyesku (Kanada) – Serena Uilyams (AQSh)
6:3|7:5 “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi