Aktyor Shoxrux Hamdamov yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi!

Aktyor Shoxrux Hamdamov “Kelajak bunyodkori” unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqdagi xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, san’atkorning muxlislari va yaqinlari tomonidan iliq kutib olindi.
Aktyor ushbu e’tirofdan so‘ng o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida minnatdorlik bildirib, murojaat qoldirdi.
“Assalomu alaykum, o‘zbek xalqi. Bugun hurmatli Prezidentimiz tomonidan menga berilgan e’tibor, ishonch va hurmat uchun katta rahmat. Ishonchingizni oqlayman!” — deb yozdi Shoxrux Hamdamov.
San’atkorning ushbu posti ostida yuzlab tabriklar va samimiy tilaklar yozilmoqda. Muxlislar aktyorning ijodiy faoliyatiga yuqori baho berib, unga yangi muvaffaqiyatlar tilashmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing