date

Rossiya kuchlari Ukrainaning bir qator hududlariga 200 dan ortiq dron bilan hujum qildi

Rossiya kuchlari Ukrainaning bir qator hududlariga 200 dan ortiq dron bilan hujum qildi

29 mayga o‘tar kechasi Rossiya kuchlari Ukrainaning bir qator hududlariga yirik havo hujumi uyushtirdi. Ukraina Havo kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, mamlakatning shimoliy, janubiy va sharqiy mintaqalari nishonga olingan.

Xabarda aytilishicha, hujumda “Iskander-M” ballistik raketasi hamda 232 ta Shahed, “Gerbera”, “Italmas” turidagi dronlar va “Parodiya” dron-simulyatorlaridan foydalanilgan. Ular Rossiyaning bir nechta hududlari va anneksiya qilingan Qrim tomondan uchirilgani bildirilmoqda.

Ukraina Qurolli kuchlariga ko‘ra, havo mudofaasi 217 ta uchuvchisiz apparatni zararsizlantirgan. Shu bilan birga, 14 ta hududda ballistik raketa va dronlar zarbalari, yana bir nechta joyda esa urib tushirilgan dron qoldiqlari qulagani qayd etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya kuchlari Ukrainaning bir qator hududlariga 200 dan ortiq dron bilan hujum qildi