FVV Chorsu bozoridagi tutun bo‘yicha izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chorsu bozorida yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi mazkur holat yuzasidan rasmiy izoh berdi.
Ma’lum qilinishicha, 29 may kuni Toshkent shahri Shayxontohur tumani Saqichmon ko‘chasidagi savdo bozorida tutun chiqqani haqida FVBBga xabar kelib tushgan. Qutqaruv bo‘linmalari zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan.
O‘rganishlar davomida do‘konlar yerto‘lasida elektr kabeli erishi natijasida tutun hosil bo‘lgani aniqlangan. FVV ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in sodir bo‘lmagan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Ayni vaqtda holatning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan zarar miqdori o‘rganilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing