date

Kongoda Ebola bo‘yicha 906 ta gumonli holat qayd etildi

Kongoda Ebola bo‘yicha 906 ta gumonli holat qayd etildi

Kongo Demokratik Respublikasida Ebola virusi bilan kasallanish bo‘yicha 906 ta gumon qilingan holat qayd etildi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, ulardan 223 tasi o‘lim bilan yakunlangan va hozirda o‘rganilmoqda.

JSST mamlakatda Ebola virusining Bundibugio shtammi tarqalayotganini bildirdi. Shuningdek, Ugandada ham alohida holatlar aniqlangani aytilmoqda.

Tashkilot ma’lum qilishicha, ushbu shtammga qarshi hozircha tasdiqlangan vaksina yoki maxsus davolash usuli mavjud emas. Shu bois mutaxassislar vaziyatni jiddiy nazoratga olish zarurligini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Kongoda Ebola bo‘yicha 906 ta gumonli holat qayd etildi