Kalugada 100 000-chi Tenet avtomobili ishlab chiqarildi

Kalugadagi “AGR” xoldingi zavodida Defetoo kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Tenet brendining 100 minginchi avtomobili konveyerdan chiqdi. Yubiley modeli intellektual i-4WD toʻliq uzatmali tizimiga ega boʻlgan yetti oʻrinli Tenet T8 Ultra krossoveri boʻldi. Ushbu natijaga ishlab chiqarish boshlanganidan buyon atigi oʻn oy ichida erishildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Tenet T8 modeli 197 ot kuchiga ega 2,0 litrli turbomotor va 7 pogʻonali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Oltita harakatlanish rejimiga ega i-4WD tizimi har qanday yoʻlda avtomobilning ishonchli harakatlanishini taʼminlaydi. Ultra komplektatsiyasi proeksion displey, ADAS intellektual haydovchi yordamchilari paketi, toʻqqizta xavfsizlik yostigʻichi, 15,6 dyuymli multimedia ekrani va panoramali tom bilan taʼminlangan.
Tenet avtomobillarini ishlab chiqarish toʻliq sikl texnologiyasi boʻyicha tashkil etilgan boʻlib, u kuzovlarni payvandlash, boʻyash va yigʻish jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Zavodda zamonaviy texnologik yechimlar joriy etilgan, payvandlash operatsiyalarining avtomatlashtirish darajasi esa 90 foizga yetadi. Taʼkidlash joizki, Tenet avtomobillari mahalliy iqlim va foydalanish sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqarilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!