2 296
Vadim Abramov: Balki terma jamoaga murabbiy bo‘lganim "Bunyodkor"ning o‘yinlariga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgandir
O‘zbekiston Superligasi 21-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" hamda "Buxoro" (1:1) jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vadim Abramov uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Raqibni mensimadik deya olmayman, shunchaki, «Buxoro» kutganimizdek himoyaviy o‘yin namoyish qildi, deyarli barcha futbolchilar orqa chiziqda o‘ynadi. Biz to‘p nazoratini to‘liq o‘z qo‘limizda ushlab turgan bo‘lsakda, hech bir o‘yinchimiz yetakchilikni o‘z qo‘liga olishni istamadi. Qolaversa, jamoa yetakchilari ham o‘z imkoniyati darajasida to‘p surgani yo‘q. So‘nggi o‘yinlarda individual xatolar sababli o‘z darvozamizdan to‘p olib chiqyapmiz.
Jamoamizda qandaydir «spad» bo‘lyapti. Saralash o‘yinlari sababli yuzaga kelgan tanaffusdan keyin futbolchilarimiz o‘ziga o‘xshamayapti. O‘ylaymanki, terma jamoa tufayli bo‘ladigan navbatdagi tanaffus bizning foydamizga xizmat qiladi. Balki meni terma jamoaga bosh murabbiy bo‘lganim futbolchilarga ruhiy ta’sir qilayotgandir, yana bilmadim. Chunki bugun ham yigitlarda qandaydir ishonch sezmadim, futbolchilar tavakkal qilishni istamadi", - deb Abramovning so‘zlarini keltirib o‘tdi klub rasmiy sayti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi