09:20 / 11.11.2019
3 577

Abramov O‘zbekiston milliy terma jamoasiga xorijlik hujumchi taklif etishi mumkin

Abramov O‘zbekiston milliy terma jamoasiga xorijlik hujumchi taklif etishi mumkin
Bir necha kun avval Sports.uz sayti muxbiri O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov bilan intervyu tashkil etdi. Unda murabbiy savollarga javob berar ekan, fikrlari davomida Dragan Cheran borasida to‘xtaldi.

- Adashmasam, kelgusi yili Cheranning yurtimizda o‘ynashni boshlaganiga besh yil to‘ladi. Agar u O‘zbekiston fuqaroligiga ega chiqishni istasa, jon deb milliy termaga taklif qilgan bo‘lardik, - dedi Abramov.

Ma’lumot o‘rnida, Dragan Cheran 2016-2018 yillarda "Nasaf" sharafini himoya qildi. 2018 yildan "Paxtakor" klubiga ko‘chib o‘tdi. Vadim Abramov aytganidek, Cheranning yurtimizdagi faoliyatiga keyingi yil 5 yil to‘ladi va u O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilsa, terma jamoaga chaqirilishi mumkin.

Hozirda "Paxtakor" to‘purari bo‘lib turgan serbiyalik hujumchi o‘z yurtida 21 yoshliklar terma jamoasida 3 ta o‘yin o‘tkazgan, xolos.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abramov O‘zbekiston milliy terma jamoasiga xorijlik hujumchi taklif etishi mumkin