14:17 / 04.12.2019
3 146

“Milliyet”: Adebayor “Paxtakor”ga oʻtmoqda

“Milliyet”: Adebayor “Paxtakor”ga oʻtmoqda
Foto: Getty Images
Turkiyaning “Kayserispor” klubi hujumchisi Emmanuel Adebayor Toshkentning “Paxtakor” klubi safiga oʻtmoqda, deya xabar bermoqda “Milliyet” nashri.

Manbada yozilishicha, 35 yoshli togolik forvard 2-dekabr kungi “Beshiktosh” - “Kayserispor” (4:1) oʻyinidan keyin klubi bilan xayrlashishga qaror qilgan. Shu kuni u jamoasining yagona goliga mualliflik qildi.

Afrikalik hujumchi “Paxtakor” safiga oʻtish masalasida Shota Arveladze bilan ogʻzaki kelishuvga erishgani aytilmoqda.

Maʼlumot uchun, Emmanuel Adebayor “Arsenal” (2005-2009), “Manchester Siti” (2009-2011), “Real” (2010-2011), “Tottenhem” (2011-2015) va “Kristal Pelas” (2015-2016) kabi klublarda toʻp surgan, 2017-yil yanvarida Turkiya chempionatiga yoʻl olgan edi. U uch mavsum “Istanbul” klubida oʻynagach, 2019-yil avgustida “Kayserispor” safiga kelib qoʻshilgan va jamoa bilan bir yillik shartnoma imzolagandi.

“Kayserispor” Turkiya Superligasi 13-turidan keyin turnir jadvalida bor yoʻgʻi bitta gʻalaba bilan soʻnggi 18-oʻrinni egallab turibdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Milliyet”: Adebayor “Paxtakor”ga oʻtmoqda