Tramp nutqida Hormuz bo‘g‘ozini adashib “Tramp bo‘g‘ozi” deb atadi

AQSh Prezidenti Donald Tramp “Kelajak investitsiyalari tashabbusi” konferensiyasida so‘zlagan nutqi davomida Hormuz bo‘g‘ozini adashib “Tramp bo‘g‘ozi” deb atadi.
Uning nutqi jarayonida “Biz hozir muzokaralar olib boryapmiz va natijaga erishish yaxshi bo‘lardi, lekin buning uchun ular ‘Tramp bo‘g‘ozi’ni ochishlari kerak. Demoqchi bo‘lganim Hormuz edi. Meni kechiring, juda afsusdaman, qanday dahshatli xato” degan so‘zlari e’tiborni tortdi.
Oq uy rahbari shuningdek shunday qo‘shimcha qildi: “Soxta yangiliklar buni tasodif deydi. Ammo menda deyarli tasodiflar bo‘lmaydi”, — deya nutqini davom ettirdi.
Shu orqali Tramp xatoni tan olib, vaziyatga hazil bilan yondashdi, biroq bu mish-mishlar va ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing