"Istiqlol" bosh murabbiyi: "Lokomotiv" ham yaxshi jamoa, ammo bu futbol"

  • 21 yanvar 2020, 18:39
  • 607
  • Sport
  • "Istiqlol" bosh murabbiyi: "Lokomotiv" ham yaxshi jamoa, ammo bu futbol"
    OCHL saralashi doirasida "Lokomotiv" - "Istiqlol" uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmon jamoa bosh murabbiyi Mubin Ergashev ishtirok etdi.
    "O‘yin tomoshabop o‘tdi, muxlislarni so‘nggi soniyalarga qadar hayajonda ushlab turdi. Vitaliy Levchenko boshchiligidagi murabbiylar shtabimizga rahmat aytaman. Keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandman. "Lokomotiv" ham yaxshi jamoa, ammo bu futbol. Biz bugun ikkinchi raqamda o‘ynadik va barchasi rejamiz bo‘yicha kechdi.

    Nima uchun ikkinchi raqamda o‘ynadik? Sababi biz safarda o‘ynadik, bundan tashqari "Lokomotiv"da tajriba ham katta. Agar g‘alaba qozongan bo‘lsak, demak qarorimiz to‘g‘ri bo‘ldi.
    Raqibga o‘z o‘yinini ko‘rsatishga yo‘l qo‘ymadik. Bunda o‘z futbolchilarimning ham hissasi katta bo‘ldi.

    Saudiya Arabistonida nima uchun g‘alaba qozonmaylik? Hozir barcha futbol o‘ynashni o‘rganib olgan. Shu bois bir haftadan keyin ham "Al Ahli"ni mag‘lub etishga harakat qilamiz
    ", - deydi Mubin Ergashev.

    » » "Istiqlol" bosh murabbiyi: "Lokomotiv" ham yaxshi jamoa, ammo bu futbol"