
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola va jamoa a’zosi Husanov o‘rtasida oddiy va iliq suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat futboldan tashqari, dam olish rejalari haqida kechgan.
Gvardiola Husanovdan dam olish kunlari O‘zbekistonga borib kelgan-bormaganini so‘radi. Husanov esa vataniga emas, Londonga sayohat qilganini aytdi.
Bu javob Pep Gvardiolada ijobiy taassurot qoldirdi. U Londonni ajoyib shahar ekanini ta’kidlab, sayohat Husanovga yoqqan-yoqmagani bilan qiziqdi. Futbolchi esa sayohat yaxshi o‘tganini bildirdi.
Suhbat so‘nggida Gvardiola Yangi yilni Londonda o‘tkazish juda yaxshi tanlov ekanini aytib, Husanovga iliq munosabat bildirdi. Bu dialog jamoadagi ijobiy muhit va murabbiy bilan futbolchilar o‘rtasidagi samimiy aloqani ko‘rsatadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.