date

Shirin Zaitova xonadonida yangi mehmon kutilmoqda

Shirin Zaitova xonadonida yangi mehmon kutilmoqda

Xonanda Shirin Zaitova yana bir bor onalik baxtiga sazovor bo‘lish arafasida. San’atkorning oilasida bu quvonchli xabar katta hayajon va intiqlik bilan kutib olinmoqda. Ayniqsa, xonandaning opasi Yasmina bo‘lajak ukasining tug‘ilishini sabrsizlik bilan kutmoqda.

Yasmina allaqachon bo‘lajak chaqaloq uchun chiroyli va ma’noli ism ham tanlab qo‘ygan. Onasi bilan bo‘lgan samimiy suhbatlardan birida u hazilomuz tarzda: “Ayyub tug‘amiz, Yusuf tug‘amiz. Bittasi Yusuf sizniki bo‘ladi, Ayyub meniki bo‘ladi”, — deya quvonchini yashirmagan.

Ushbu so‘zlardan kelib chiqib, Shirin Zaitovaning tug‘ilajak farzandi o‘g‘il bo‘lishi ma’lum bo‘lmoqda. Bu esa oiladagi mehr, quvonch va iliq muhit yanada oshayotganidan dalolat beradi. Muxlislar ham xonanda va uning oilasiga ezgu tilaklar bildirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Shirin Zaitova xonadonida yangi mehmon kutilmoqda