
"Sanderlend" bosh murabbiyi Rejis le Bris "Arsenal" va "Manchester Siti" uslubi orasidagi asosiy tafovut haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Payshanba kuni "qora mushuklar" "shaharliklar"ni 0:0 hisobidagi durangda to'xtatib qoldi va shu orqali "Siti"ga turnir jadvalida peshqadam "kanonirlar"dan ortda qolishni ikki ochkogacha qisqartirish imkonini bermadi.
Le Brisning ta'kidlashicha, umumiy manzarada "Arsenal" "Manchester Siti"ga nisbatan sovuqqonroq va to'g'ridan-to'g'ri o'ynaydigan jamoa. Murabbiy "Siti" hozir avvalgidek ko'rinmayotgan bo'lsa-da, Pep Gvardiola ta'siri baribir sezilishini, Mikel Arteta ham ispaniyalik ekani, biroq o'yin qurilishida ular o'rtasida farqlar borligini qayd etdi.
"Sanderlend" mavsumning birinchi yarmida kutilganidan ham yaxshiroq natija ko'rsatib, APL turnir jadvalida 7-o'rinni egalladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.