date

Fonseka Endrikning jismoniy holati haqida gapirdi

Fonseka Endrikning jismoniy holati haqida gapirdi

“Lion” bosh murabbiyi Paulu Fonseka 19 yoshli braziliyalik hujumchi Endrikning jismoniy tayyorgarligini baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Eslatib o‘tamiz, futbolchi Madridning “Real” klubidan “Lion” safiga ijara asosida kelib qo‘shilgan.

Fonseka L'Equipe nashriga bergan izohida Endrik yaxshi sport formasida ekanini, biroq hozircha 90 daqiqa to‘liq o‘ynashga tayyor emasligini ta’kidladi.

Mutaxassis hujumchi “Monako”ga qarshi eng yaqin uchrashuvni o‘tkazib yuborishini aytdi, shuningdek, futbolchining yangi jamoaga moslashuvi ijobiy kechayotganini qayd etdi.

Kutilishicha, Endrik 11-yanvar kuni Fransiya kubogida “Lill”ga qarshi bahsda “Lion” safida debyut qiladi. 2025/2026 yilgi mavsumda braziliyalik “Real”ning asosiy jamoasi tarkibida atigi uch o‘yinda maydonga tushgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fonseka Endrikning jismoniy holati haqida gapirdi