
Shanba, 3 yanvar kuni Buxoro, Navoiy, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpogʻistonda yogʻingarchilik kuzatiladi: ayrim joylarda yomgʻir yogʻib, qor aralash yogʻin tushishi kutilmoqda. Bu haqda Oʻzgidromet maʼlum qildi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Sinoptiklar Qashqadaryo va Surxondaryo hududlarida ham yogʻingarchilik bo‘lishi ehtimolini istisno qilmayapti. Respublika bo‘yicha kunduzgi havo harorati +8…+13 daraja atrofida bo‘ladi.
Toshkent shahrida esa yogʻingarchilik kutilmaydi, havo +11…+13 darajagacha isiydi, shamol moʻtadil esadi. Mamlakatning togʻli hududlarida qor yogʻishi prognoz qilinmoqda, qor ko‘chkisi xavfi bor; kunduz kuni havo harorati +2 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.