
Kilian Mbappening jarohat olishi va u bir necha hafta maydonga tusha olmasligi mumkinligi fonida agentlar «Real Madrid»ga Muhammad Saloh nomzodini taklif qildi. Bu haqda Defensa Central nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko‘ra, «qirollik klubi»ga 33 yoshli misrlik vingerni 12 million yevro evaziga ijaraga olish varianti ilgari surilgan. Biroq madridliklar mazkur shartlarni juda qimmat, deb baholab, taklifni qabul qilmagan.
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, Muhammad Saloh joriy mavsumda barcha turnirlar doirasida 20 ta o‘yinda qatnashib, 5 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2027-yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.