
Gollivud yulduzi Anjelina Joli insonparvarlik missiyasi doirasida Misr va G‘azo sektori o‘rtasida joylashgan Rafah nazorat-o‘tish punktiga tashrif buyurdi.
Misrning Al-Youm as-Sabia axborot portali ma’lum qilishicha, tashrif davomida aktrisa Shimoliy Sinay gubernatori Xolid Mug‘avhir bilan uchrashuv o‘tkazgan. Shuningdek, u G‘azo aholisi uchun mo‘ljallangan insonparvarlik yordamlari saqlanayotgan Misr Qizil Yarim Oy Jamiyati omborlarini ham ko‘zdan kechirgan.
Anjelina Joli safari chog‘ida G‘azo sektoridan evakuatsiya qilingan va hozirda Misrning El-Arish shahrida davolanayotgan yarador falastinliklarni ham ziyorat qildi. U xalqaro jamoatchilikni anklavga insonparvarlik yordamlari yetkazib berish hajmini oshirishga chaqirib, Misrning G‘azodagi falastinliklarga ko‘rsatayotgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.
Aktrisaning mazkur tashrifi G‘azoda yuzaga kelgan og‘ir insonparvarlik vaziyatiga yana bir bor jamoatchilik e’tiborini qaratdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.