19:20 / 29.01.2020
2 827

Murodjon Ahmadaliyev Daniyel Romanga qarshi chempionlik jangi oldidan matbuot anjumanida qatnashdi

Murodjon Ahmadaliyev Daniyel Romanga qarshi chempionlik jangi oldidan matbuot anjumanida qatnashdi
Xabaringiz bor, 30 yanvar (Toshkentda 31 yanvar tongi) professional bokschimiz Murodjon Ahmadaliyev ikki yo‘nalish chempionligi uchun amerikalik Daniyel Romanga qarshi jang qiladi.
Bugun har ikki bokschi mazkur jang oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Unda Murodjon Ahmadaliyev quyidagi fikrlarni bildirdi:
"O‘zbek boksi doim professionallikka yaqin bo‘lgan. Havaskor boksda hisobimda 350 dan ortiq jang bor, ularning 100 dan ortig‘i nokaut bilan yakunlangan. Men katta qo‘lqoplar bilan raqiblarga og‘riq berishni bilaman. Men doim professional uslubga intilganman. Shuning uchun ham ushbu chorlovga tayyorman.

Rejam - ikkita kamarni olib, ushbu jangdan keyinoq uyimga ketishdir.
O‘zbekistonda boks muxlislari ko‘p, xuddi Meksika singari. Ular boksni boshqa sport turlariga qaraganda ko‘proq yaxshi ko‘rishadi va biz bokschilarni qo‘llab-quvvatlashadi. Bizda hukumat tomonidan ham qo‘llab-quvvatlov bor. Muxlislarimiz esa bizni duo qilishadi
", - dedi Murodjon Ahmadaliyev.

Manba: olamsport.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Murodjon Ahmadaliyev Daniyel Romanga qarshi chempionlik jangi oldidan matbuot anjumanida qatnashdi