Apple kompaniyasining yubiley smartfonidagi asosiy yangilik Face ID yuz skaneri bo‘ldi, deb yozadi Daryo nashri. Shu tariqa iPhone’da foydalanuvchilarning barmoq izi bo‘yicha identifikatsiyasidan voz kechib, yuz bo‘yicha aniqlashga o‘tishdi.
Yuz skaneri nafaqat smartfonni yoqish uchun, balki App Store’da va Apple Pay orqali xaridlar amalga oshirishda ham qo‘llaniladi. Shuningdek, Face ID’ning deyarli hech kim bilmagan boshqa funksiyasi ham bor, deyiladi xabarda.
Reddit forumida foydalanuvchilardan biri o‘z kuzatishlari bilan o‘rtoqlashdi: budilnik chalingan vaqtda iPhone X’ga qaralsa, smartfon budilnik tovushini pasaytiradi. Bu foydalanuvchini baland ovozli va jonga tegadigan budilnik qo‘ng‘irog‘idan xalos qiladi.
Boshqa bir foydalanuvchi esa bu sizga kimdir qo‘ng‘iroq qilayotgan vaqtda ham ish berishini payqaganini aytdi. Ya’ni telefon jiringlayotgan vaqtda ekranga qaralsa, qurilma tovushni pasaytiradi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?