10 sentyabrdan 30 sentyabrga qadar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida 9 xonali telefon raqamli tizimga oʻtish amalga oshiriladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi maʼlum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.
1 oktyabrdan boshlab, Toshkent va Toshkent viloyati abonentlari uchun faqatgina 9 xonali telefon raqamlari amal qiladi.
Oʻzbekistonning boshqa viloyatlarida 9 xonali telefon raqamli tizimga oʻtish alohida jadval boʻyicha amalga oshiriladi va bu haqda qoʻshimcha tarzda maʼlum qilinadi.
Tezkor chaqiruv xizmatlari va qisqa 4 xonali raqamlarga qoʻngʻiroq qilish tartibi oʻzgarmaydi. Xalqaro formatda qoʻngʻiroq qilish tartibi oʻzgarmaydi (+998-xxxxxxxxx).
Raqamlar notoʻgʻri terilganda, bu haqda ogohlantiruvchi ovozli xabar tizimi yoʻlga qoʻyiladi (Hurmatli abonent, 9 xonali telefon raqamli tizimga oʻtish munosabati bilan, abonent raqamini operator kodi bilan terishingizni soʻraymiz). Bundan tashqari qisqa 1192 raqami orqali tunu kun abonentlarni texnik qoʻllab-quvvatlash xizmati faoliyat koʻrsatadi.
Foto: “Gazeta.uz”
Telefon raqami qaysi operatorga yoki viloyatga tegishli ekanligini www.rtmc.uz saytiga kirib, “Interaktiv xizmatlar” boʻlimidan, shuningdek, @uztbmbot telegram-boti yordamida aniqlash mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi