Digital Innovation Technology Systems (ISTD) Ltd. (DIT Systems) kompaniyasi Toshkent shahrida o‘z vakolatxonasini ochdi. Bu haqda «Infocom.uz» xabar bermoqda.
Kompaniya innovasion qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish turlari, digital echimlar va ijodiy IT loyihalarini ommalashtirish va monetizasiya qilish bo‘yicha ekspert, agregator bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab 150 million mobil aloqa abonentiga ega.
O‘zbekistondagi ofis kompaniyaning Markaziy Osiyodagi ilk tajribasi bo‘ladi.
Ochilish marosimi 6 oktyabr kuni ko‘psonli sheriklar ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
Filial DIT Systems’ning mintaqadagi mavqeini oshirish, O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mahalliy va xalqaro mobil operatorlari bilan ishlashga javob beradi.
Kompaniyaning o‘zbekistonliklarga ko‘rsatadigan xizmatlari mobil moliya xizmatlari, intensiv kommunikasiya servislari, ko‘ngilochar kontent va mobil dasturlardan iborat bo‘lishi aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda