Apple bosh direktori Tim Kuk kompaniyaning rasmiy biznes-strategiyasiga xizmatlar (servislar) yaratishni qo‘shishga qaror qildi. Kuk investorlarga taqdim qilgan hisobotga ko‘ra, xizmatlar kompaniyaning daromadi kattaligi bo‘yicha ikkinchi moddasiga aylandi.
"Oxirgi 12 oy ichida xizmatlarimiz keltirgan daromad Fortune ro‘yxatiga kiruvchi ba’zi kompaniyalar kapitallashuvi bilan tenglashdi. Biz bunga kutganimizdan ham ertaroq erishdik", deb aytgan Kuk.
Ba’zi tahlilchilarning fikricha, Apple’ning yangi biznes-strategiyaga o‘tishi kompaniya kelajagini belgilovchi rivojlanishning yangi modeli ibtidosi hisoblanadi.
Shunga o‘xshash vaziyat 1990-yillar o‘rtalarida yuz bergan. O‘shanda Stiv Jobs tomondan boshqariluvchi Apple o‘z nomidagi Computer so‘zidan voz kechib, e’tiborini mobil qurilmalar yaratishga qaratgan.
Manba: Kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi